O'zbekiston

Global miqyosdagi natijalar e’tirofi: Ziroat Mirziyoyevaga topshirilgan JSST mukofoti kimlarga beriladi?

WHO Director-General’s Award — Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktorining global sog‘liqni saqlash sohasidagi nufuzli xalqaro mukofoti.

Global miqyosdagi natijalar e’tirofi: Ziroat Mirziyoyevaga topshirilgan JSST mukofoti kimlarga beriladi?

JSST Bosh direktorining 2026-yilgi mukofoti Ziroat Mirziyoyevaga bolalar onkologiyasiga oid tibbiy yordam tizimini rivojlantirish va bolalar salomatligini muhofaza qilish borasidagi faoliyati uchun topshirildi.

 

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva onkologik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini rivojlantirishdagi yetakchiligi va har bir bolaning sog‘lom hayot kechirish huquqini global miqyosda ilgari surgani uchun JSSTning nufuzli xalqaro mukofoti — WHO Director-General’s Award 2026 bilan taqdirlandi.

 

Bu qanday mukofot?

 

WHO Director-General’s Award — Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktorining global sog‘liqni saqlash sohasidagi nufuzli xalqaro mukofoti. U 2019-yilda JSST Bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus tomonidan ta’sis etilgan. Laureatlarni shaxsan JSST Bosh direktori tanlaydi.

 

Ushbu mukofot global sog‘liqni saqlash sohasida alohida yetakchilik ko‘rsatib, aholi salomatligini muhofaza qilishda aniq natijalarga erishgan shaxslarga beriladi. Mukofot har yili cheklangan sondagi shaxslarga taqdim etiladi.

 

Masalan, 2024-yilda uch nafar, 2025-yilda ikki nafar laureat ushbu mukofotga loyiq ko‘rilgan. Ular orasida Nobel mukofoti sovrindorlari, amaldagi hukumat rahbarlari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari va taniqli olimlar bor.

 

Xususan, Barbados Bosh vaziri Mia Mottli, fiziologiya va tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari Katalin Kariko va Dryu Vaysman, global sog‘liqni saqlash sohasidagi taniqli olim Piter Piot, Garvard professori Pol Farmer kabi dunyoga mashhur shaxslar ham ushbu mukofot bilan taqdirlangan.

 

Mia Mottli — iqlim o‘zgarishi va uning inson salomatligiga ta’siri masalalaridagi yetakchiligi, shuningdek, mikroblarga qarshi preparatlarga chidamlilikka qarshi kurash bo‘yicha Global yetakchilar guruhi raisi sifatidagi faoliyati uchun 2024-yilda taqdirlangan.

 

Katalin Kariko va Dryu Vaysman — COVID-19ga qarshi mRNK vaksinalarini yaratishga yo‘l ochgan ilmiy tadqiqotlari va ushbu texnologiyani rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun 2024-yilda mukofotlangan. Ularning kashfiyotlari pandemiya davrida samarali mRNK vaksinalarini ishlab chiqishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan. Kariko va Vaysman 2023-yilda fiziologiya va tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga ham sazovor bo‘lgan.

 

Piter Piot — global sog‘liqni saqlash sohasidagi ko‘p yillik faoliyati va jamoat salomatligiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun 2023-yilda taqdirlangan. U Ebola virusining ilk kashf etilishi va birinchi epidemiyani jilovlash ishlarida ishtirok etgan, keyinchalik OIV/OITSga qarshi global kurashda yetakchi rol o‘ynagan.

 

Pol Farmer — dunyoning eng kam ta’minlangan aholi qatlamlariga sifatli tibbiy yordamni yetkazish, sog‘liqni saqlashda tenglikni ta’minlash, inson huquqlari va ijtimoiy tengsizlik masalalaridagi ko‘p yillik faoliyati uchun 2022-yilda vafotidan so‘ng taqdirlangan. U Garvard tibbiyot maktabining Global salomatlik va ijtimoiy tibbiyot departamenti rahbari hamda kam ta’minlangan aholiga tibbiy yordam ko‘rsatuvchi Partners In Health xalqaro tashkiloti hammuassisi bo‘lgan.

 

Ziroat Mirziyoyevaning bolalar onkologiyasi bo‘yicha tibbiy yordam tizimini rivojlantirishdagi yetakchiligi, shuningdek, har bir bolaning sog‘lom hayot kechirish huquqini global miqyosda ilgari surish borasidagi faoliyati esa alohida e’tirof etildi.

 

“Muhtaram Birinchi xonim! Siz butun dunyoda bolalar, ayniqsa, onkologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalar manfaatlari yo‘lida chinakam kurashchi, har bir bolaning ta’lim olish va sog‘lom hayot kechirish huquqining himoyachisisiz”, — dedi JSST Bosh direktori Tedros Adanom Gebreisus.

 

JSSTning mazkur nufuzli mukofoti Birinchi xonim boshchiligida bolalar salomatligini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan natijalarning global miqyosdagi e’tirofi bo‘ldi.

 

Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tishda cheklov: senator so‘rovi yuborildi

Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tishda cheklov: senator so‘rovi yuborildi

Hududlar bo‘yicha imtihon o‘rinlarini taqsimlash mezonlari va talab yuqori bo‘lgan joylarda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish masalasiga izoh berish so‘ralgan.

“Bolalar — kelajagimiz” degan qarashning o‘zi yetarli emas —Shahnoza Mirziyoyeva

“Bolalar — kelajagimiz” degan qarashning o‘zi yetarli emas —Shahnoza Mirziyoyeva

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari bolalar farovonligini ta’minlash uchun hukumatlar, biznes vakillari, fuqarolik jamiyati va xalqaro tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish zarurligini qayd etdi.

“Malika” bozorida quvlashmachoq: qidiruvdagi erkak qochayotganida mashinaga urilib ketdi

“Malika” bozorida quvlashmachoq: qidiruvdagi erkak qochayotganida mashinaga urilib ketdi

Fuqaro avtomobilga urilganiga qaramay, harakatini davom ettirgan, biroq ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Metrodagi “probka”: “Paxtakor”dagi tirbandlikka izoh berildi

Metrodagi “probka”: “Paxtakor”dagi tirbandlikka izoh berildi

Yo‘lovchilar to‘planishini kamaytirish uchun poyezdlar harakati intervallarini qisqartirish choralari ko‘rilmoqda.

Qariyb 2 kg gashish va 18 ming dollar: Andijonda ikki shaxs ushlandi

Qariyb 2 kg gashish va 18 ming dollar: Andijonda ikki shaxs ushlandi

Qo‘lga olish jarayonida ular tezkor xodimlarga qarshilik ko‘rsatib, qochishga uringan.

Tadbirkorga faxriy unvon, kitobxon oilalarga uy: Qashqadaryodagi yig‘ilishda nimalar aytildi?

Tadbirkorga faxriy unvon, kitobxon oilalarga uy: Qashqadaryodagi yig‘ilishda nimalar aytildi?

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoni yil yakuniga qadar kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hududga aylantirish maqsadini bildirdi.

“Oltin qalam” Parijga yetib bordi: fransiyalik jurnalistga mukofot topshirildi

“Oltin qalam” Parijga yetib bordi: fransiyalik jurnalistga mukofot topshirildi

“Georama” nashriyoti asoschisi va “Euronews” muxbiri O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining faxriy a’zolari bo‘ldi.

Tug‘ilgan kundan qolgan ovqat fojiasi: Xorazmda ona va uch farzandi vafot etdi

Tug‘ilgan kundan qolgan ovqat fojiasi: Xorazmda ona va uch farzandi vafot etdi

Ularda tug‘ilgan kun marosimidan qolgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilganidan so‘ng zaharlanish alomatlari kuzatilgan.