O'zbekiston

“Bolalar — kelajagimiz” degan qarashning o‘zi yetarli emas —Shahnoza Mirziyoyeva

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari bolalar farovonligini ta’minlash uchun hukumatlar, biznes vakillari, fuqarolik jamiyati va xalqaro tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish zarurligini qayd etdi.

“Bolalar — kelajagimiz” degan qarashning o‘zi yetarli emas —Shahnoza Mirziyoyeva

Shahnoza Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, bolalar farovonligi haqida gap ketganda, ularni faqat kelajak sifatida ko‘rish yetarli emas. Ota-onalar uchun farzandlar, avvalo, bugungi kunning eng muhim qismidir. Ularning sog‘lomligi, xavfsizligi va o‘zini qadrlangan his qilishi doimiy e’tiborni talab etadi.

 

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari bolalarni himoya qilishga oid har qanday suhbat qonunlar yoki statistik ma’lumotlardan emas, balki oddiy, ammo muhim savoldan boshlanishi lozimligini ta’kidladi: yonida uni himoya qila oladigan katta yoshli inson bo‘lmaganidak, bolaning ahvoli qanday bo‘ladi?

 

Shahnoza Mirziyoyeva har bir bola yordamga muhtoj bo‘lganida o‘z mamlakati unga tayanch bo‘lishini his qilishi zarurligini qayd etdi.

 

Shuningdek, u raqamli olamning kundalik hayotga chuqur kirib kelishi, dunyodagi beqarorlik va kuchayib borayotgan keskinliklar bolalar hamda oilalar xavfsizligi va farovonligiga ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidladi.

 

Uning fikricha, bu muammolarni biror mamlakat yakka o‘zi hal qila olmaydi. Shu bois hukumatlar, biznes vakillari, fuqarolik jamiyati va xalqaro tashkilotlar o‘zaro hamkorlik qilishi, bir-birining tajribasidan o‘rganishi muhim.

 

Shahnoza Mirziyoyeva bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka mutlaqo murosasiz munosabat va har bir bolaga so‘zsiz hurmat tamoyillariga asoslangan madaniyatni shakllantirish zarurligini ta’kidladi.

 

Uning qayd etishicha, bolalarning baxti, salomatligi va xavfsizligi bugun kattalar zimmasidagi mas’uliyat bo‘lsa, ertaga mamlakatlar va butun dunyoning kelajagi aynan shu bolalarning qo‘lida bo‘ladi. Shu sababli bolalar oldidagi mas’uliyatni kelajakka qoldirmasdan, bugundan boshlash lozim.

“Malika” bozorida quvlashmachoq: qidiruvdagi erkak qochayotganida mashinaga urilib ketdi

“Malika” bozorida quvlashmachoq: qidiruvdagi erkak qochayotganida mashinaga urilib ketdi

Fuqaro avtomobilga urilganiga qaramay, harakatini davom ettirgan, biroq ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Metrodagi “probka”: “Paxtakor”dagi tirbandlikka izoh berildi

Metrodagi “probka”: “Paxtakor”dagi tirbandlikka izoh berildi

Yo‘lovchilar to‘planishini kamaytirish uchun poyezdlar harakati intervallarini qisqartirish choralari ko‘rilmoqda.

Qariyb 2 kg gashish va 18 ming dollar: Andijonda ikki shaxs ushlandi

Qariyb 2 kg gashish va 18 ming dollar: Andijonda ikki shaxs ushlandi

Qo‘lga olish jarayonida ular tezkor xodimlarga qarshilik ko‘rsatib, qochishga uringan.

Tadbirkorga faxriy unvon, kitobxon oilalarga uy: Qashqadaryodagi yig‘ilishda nimalar aytildi?

Tadbirkorga faxriy unvon, kitobxon oilalarga uy: Qashqadaryodagi yig‘ilishda nimalar aytildi?

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoni yil yakuniga qadar kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hududga aylantirish maqsadini bildirdi.

“Oltin qalam” Parijga yetib bordi: fransiyalik jurnalistga mukofot topshirildi

“Oltin qalam” Parijga yetib bordi: fransiyalik jurnalistga mukofot topshirildi

“Georama” nashriyoti asoschisi va “Euronews” muxbiri O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining faxriy a’zolari bo‘ldi.

Tug‘ilgan kundan qolgan ovqat fojiasi: Xorazmda ona va uch farzandi vafot etdi

Tug‘ilgan kundan qolgan ovqat fojiasi: Xorazmda ona va uch farzandi vafot etdi

Ularda tug‘ilgan kun marosimidan qolgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilganidan so‘ng zaharlanish alomatlari kuzatilgan.

“Omborchi” va “kimyogar” qo‘lga tushdi: Buxoroda narkolaboratoriya fosh etildi

“Omborchi” va “kimyogar” qo‘lga tushdi: Buxoroda narkolaboratoriya fosh etildi

Ikki fuqaro narkolaboratoriya tashkil qilib, sintetik giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan.

2018-yilda rekord, keyingi yillarda pasayish: nikohlar statistikasi

2018-yilda rekord, keyingi yillarda pasayish: nikohlar statistikasi

O‘zbekistonda nikohlar soni ketma-ket to‘rt yildan beri kamaymoqda.