Farg‘onada Damas kanalga tushib ketdi
Uning ichida ikki nafar yo‘lovchi bo‘lgan.

Kecha, 26 noyabr kuni 20:30 da Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani “Xumdon” MFY hududidan oqib o‘tuvchi “Janubiy Farg‘ona” kanaliga Damas haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida tushib ketgan.
FVV qutqaruvchilari zudlik bilan manzilga yetib borib, maxsus texnika va qutqaruv asbob-anjomlari yordamida avtomobil kanaldan chiqarib olingan. Avtomobilda haydovchi bilan birga ikki nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Haydovchi va ikki nafar yo‘lovchi avtomobil suvga tushgan vaqtda o‘z harakatlari bilan quruqlikka chiqib olgan.
“Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q”, - deyiladi xabarda.







