Sunʼiy intellekt sheʼr yozishda Shekspirni ortda qoldirdi
Olimlar bu bo‘yicha maxsus tajriba o‘tkazib ko‘rishdi.

Pitsburg universiteti olimlari sunʼiy intellekt sheʼr yozishda odamlar bilan qanday raqobatlasha olishini aniqlashga qaror qilishdi.
Tajribada 696 nafar ko‘ngilli ishtirok etdi. Har bir ishtirokchiga tasodifiy tartibda 10 ta sheʼr ko‘rsatildi. Ulardan beshtasi mashhur shoirlar, jumladan, Uilyam Shekspir, Lord Bayron, Emili Dikkinson tomonidan, beshtasi esa ChatGPT 3,5 tili modeli tomonidan xuddi shu shoirlar uslubida yozilgan.
Olimlar qaysi sheʼrlar o‘quvchilarga ko‘proq yoqqanini aniqlashga qaror qilishdi.
Natijaga ko‘ra, odamlar sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan sheʼriyatni inson tomonidan yozilgan sheʼriyatdan afzal ko‘rgan, doimiy ravishda sunʼiy intellekt asosidagi sheʼrlarni mashhur shoirlar sheʼrlaridan turli sifat o‘lchovlari bo‘yicha sezilarli darajada yuqori baholagan.
Olimlarning taʼkidlashicha, bunday afzallik AI tomonidan yozilgan sheʼrlar odamlar tomonidan yozilgan sheʼrlarga qaraganda osonroq tushunilishi bilan bog‘liq.







