Lifestyle

Kamerasi yo‘q smartfonlar ishlab chiqarildi

Bu axborot xavfsizligi talablariga javob beradi.

Kamerasi yo‘q smartfonlar ishlab chiqarildi

Yangi qurilma Benco V91 Plus smartfonining qayta ishlangan talqini bo‘lib, axborot xavfsizligi talablaridan kelib chiqib, kameralari, GPS va Bluetooth texnologiyalari yo‘q.

 

Benco V91s Plus boshqa jihatlari bilan odatiy arzon smartfonlardan tafovut qilmaydi. 6,65 dyuymli IPS-ekran (HD+ (1612x720 piksel, chastotasi 90 Gs), 16 GB — operativ, 128 GB — ichki xotira o‘rnatilgan. Telefon Unisoc T606 protsessorida ishlaydi.

 

Akkumulyatori sig‘imi — 5000 mAs (18 Vt quvvatlash texnologiyasi). Quloqchinlar uchun audioport hamda barmoqlar skaneriga ega, 4G va Wi-Fi 5 aloqani qo‘llaydi.

 

Aytilishicha, smartfonning narxi $200 dan oshmaydi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"