O'zbekiston

Prezident Qashqadaryo viloyati bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Unda oziq-ovqat xavfsizligi va investitsiya imkoniyatlari masalalari ko‘rib chiqildi.

Prezident Qashqadaryo viloyati bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 4 dekabr kuni Qashqadaryo viloyatida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, investitsiyalarni ko‘paytirish, kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

 

Sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi, turizm kabi barcha yetakchi sohalar bo‘yicha Qashqadaryoning salohiyati yuqori. Yil boshidan buyon viloyatda 2 milliard dollar investitsiya o‘zlashtirilgan. 565 ming nafar aholining bandligi taʼminlanib, 90 ming odam kambag‘allikdan chiqarilgan. Yil yakunigacha yalpi hududiy mahsulot 6 foizdan ziyod o‘sishi, eksport 555 million dollarga yetishi kutilmoqda.

 

Viloyat salohiyati to‘la ishga solinsa, natijalar bundan ancha ko‘p bo‘ladi. Yig‘ilishda shu boradagi qo‘shimcha imkoniyatlar, yangi loyihalar ko‘rib chiqildi.

 

Avvalo, oziq-ovqat xavfsizligi masalasi ustuvor bo‘ladi. Keyingi yildan Qashqadaryo kartoshka, meva, parranda go‘shti va tuxum bo‘yicha o‘zini o‘zi to‘liq taʼminlashga o‘tadi. Bu borada xorijiy investorlar ishtirokida 16 ta yirik loyiha shakllantirilgan.

 

Misol uchun, G‘uzor, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida 300 gektarda zamonaviy bog‘ barpo etiladi. Unda yiliga qo‘shimcha 4 ming tonna meva yetishtirilib, 600 ta ish o‘rni yaratiladi. Ko‘kdala, Chiroqchi, Shahrisabz, Koson va Nishon tumanlari hududida qovun va organik sabzavotlar yetishtirish kengaytiriladi. Tarvuz konsentranti tayyorlash, shok usulida muzlatish va sublimatsion quritish yo‘lga qo‘yiladi.

 

Viloyatda chorvachilikni rivojlantirishga alohida urg‘u beriladi. Mintaqa va Yevropa davlatlaridan 62 ming bosh qo‘y, qariyb 10 ming bosh qoramol olib kelinib, aholi va chorvachilik xo‘jaliklari bilan kooperatsiya asosida boqiladi. Qarshi va Qamashida 1 ming boshli chorvachilik klasteri, 1 million boshli parrandachilik fabrikasi tashkil etiladi.

 

Paxtachilikda tayyor mahsulotlar ulushini ko‘paytirish maqsadida 233 million dollarlik 5 ta to‘qimachilik korxonasi ishga tushiriladi. Natijada mato ishlab chiqarish quvvati 51 foizga ko‘tariladi.

 

Shahrisabzdagi Miraki va Qamashidagi Maydanak qishloqlari, Mirishkor tumanidagi “Achinko‘l” va “Sechanko‘l” atrofida turizm jadal rivojlanmoqda. Shu kabi maskanlarga 300 million dollar investitsiya kiritib, 200 dan ziyod mehmon uylari va mingta savdo shoxobchasi tashkil etish rejalashtirilgan. Ularda 5 ming kishi ishli bo‘ladi.

 

Tadbirkorlar viloyatdagi 147 ta noruda qazilma konlari negizida tayyor mahsulot ishlab chiqarishni taklif qilayapti. Bunga 209 million dollar investitsiya kiritiladi, konlar bosqichma-bosqich auksionga chiqariladi.

 

Prezident farmoniga muvofiq, shu yil 1 noyabrdan yurtimizda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi boshlandi. Qashqadaryodagi 6 ta yirik korxona bu xayrli ishga hissa qo‘shib, keyingi yil 10 mingdan ziyod fuqaroni kambag‘allikdan chiqarish tashabbusini bildirgan. Bundan tashqari, banklar ishtirokida 86 ta drayver loyihani va 33 mingta mikroloyihani ishga tushirib, yana 70 ming insonni daromadli qilish ko‘zda tutilgan. Bular orqali viloyatda kambag‘allik darajasi hozirgi 8,6 foizdan 6,5 foizga pasayadi.

 

Yig‘ilishda Qashqadaryo viloyati hokimi shu kabi rejalarni taqdimot qildi. Jumladan, kelgusi yilda 3 milliard 500 million dollar investitsiya jalb qilish, eksportni 1 milliard dollarga yetkazish, 300 ming ish o‘rni yaratish mo‘ljallangan.

 

Davlatimiz rahbari bugungi ko‘rsatkichlar viloyat imkoniyatlariga mos emasligini taʼkidlab, natijadorlikni oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Tashabbuskorlar bilan ishlab, sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohasida yana 300 million dollarlik loyihalarni ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

50 ming dollar talab qilingan tovlamachilik ishi: “Demokrat.uz” rahbari 10,3 yilga qamaldi

50 ming dollar talab qilingan tovlamachilik ishi: “Demokrat.uz” rahbari 10,3 yilga qamaldi

U bilan birga tovlamachilik qilgan bloger Aziz G‘oipnazarov ham sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etildi.

Kredit evaziga iPhone 17 Pro Max: Farg‘onada hokim yordamchisi ushlandi

Kredit evaziga iPhone 17 Pro Max: Farg‘onada hokim yordamchisi ushlandi

U fuqaroga bankdagi tanishlari orqali kredit chiqarib berishni va’da qilgan.

Prezident Navoiy viloyatining sobiq hokimi vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Prezident Navoiy viloyatining sobiq hokimi vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Bahriddin Ro‘ziyev Navoiy viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi va xalqaro logistika markazini tashkil etish ishlariga hissa qo‘shgan.

Birida 2,5 ming, boshqasida 4,4 ming dollar: noqonuniy “Umra” tashkilotchilari aniqlandi

Birida 2,5 ming, boshqasida 4,4 ming dollar: noqonuniy “Umra” tashkilotchilari aniqlandi

Farg‘ona va Andijonda fuqarolarni noqonuniy ziyoratga yuborish evaziga pul talab qilgan ikki shaxs ushlandi.

50 sotix yer uchun 100 ming dollar: Paxtaobod hokimi o‘rinbosari ushlandi

50 sotix yer uchun 100 ming dollar: Paxtaobod hokimi o‘rinbosari ushlandi

U va kadastr idorasi mansabdori fuqarodan auksion orqali arzon narxda yer olib berish evaziga pul talab qilgan.

Yomg‘ir ortidan sel kelishi mumkin: 8 ta viloyat aholisi ogohlantirildi

Yomg‘ir ortidan sel kelishi mumkin: 8 ta viloyat aholisi ogohlantirildi

Ayrim joylarda yomg‘ir suvlari to‘planib, suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Markaziy bank tekshiruvlari natijasi: 6 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkiloti jarimaga tortildi

Markaziy bank tekshiruvlari natijasi: 6 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkiloti jarimaga tortildi

Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan oktabr oyida 43 ta masalani ko‘rib chiqildi.

“Oltin qalam” AQSHga ham yetib bordi: Vashingtonda taqdirlash marosimi o‘tkazildi

“Oltin qalam” AQSHga ham yetib bordi: Vashingtonda taqdirlash marosimi o‘tkazildi

AQSH poytaxtida Viktor Gotevbe va Jeyms Dursoga O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining faxriy a’zolik guvohnomalari berildi.