O'zbekiston

Hukumat qonundan tashqari 10 trln so‘m xarajat qilgan

2024 yilda bolalar nafaqalari va moddiy yordamlar miqdori esa 2 trillion so‘mga kamaytirilgan.

Hukumat qonundan tashqari 10 trln so‘m xarajat qilgan

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 3 dekabr kungi majlisida 2024 yil uchun davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartishlar kiritildi. Unda davlat xarajatlarini ko‘paytirish nazar tutilgan.

 

O‘zgarishlarga ko‘ra, davlat organlarining xarajatlari qo‘shimcha ravishda 9,98 trln so‘mga oshiriladi. Natijada davlat byudjeti xarajatlari amalda tasdiqlangan 255,4 trln so‘mdan 265,4 trln so‘mga ko‘paytiriladi. Majlisga yig‘ilgan deputatlarning barchasi o‘zgarishlarni yoqlab ovoz berdi.

 

“Talab yuqoriligi sababli ta’lim kreditlarini moliyalashtirish jamg‘armasiga ajratiladigan transfertlar miqdori 841 mlrd so‘mga oshirilyapti. Prezident qaroriga asosan, allergik va ikkilamchi immunitet tanqisligi kasalliklariga chalingan Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan bemorlar uchun ingalyasion dorilarni bepul tarqatish bilan bog‘liq xarajatlar uchun qo‘shimcha 30 mlrd so‘m ajratilyapti. Shuningdek, madaniyat va san’atni rivojlantirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, Madaniyat vazirligining markaziy apparati va hududiy bo‘linmalarini moddiy rag‘batlantirish uchun qo‘shimcha 100 mlrd so‘m, isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga bir martalik yordam to‘lovlari va elektr energiyasi va gaz narxlarining bazaviy me’yoridan oshganligi o‘rtasidagi farqning o‘rnini qoplashga kompensatsiya uchun 592 mlrd so‘m, mahallalardagi eng dolzarb infratuzilma masalalarini hal etish uchun esa 1 trln 344 mlrd so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratilgan”, – dedi vazir o‘rinbosari.

 

Haydarovning qo‘shimcha qilishicha, byudjet tashkilotlaridagi vakant lavozimlar va samarasiz yoki bir-birini takrorlovchi shtat birliklarini qisqartirish hisobiga 1 trln so‘m miqdoridagi xarajatlarni maqbullashtirish taklif etilyapti. O‘rnatilgan mezonlarni qayta ko‘rib chiqish natijasida bolalar nafaqalari va moddiy yordamdan 2 trln so‘m tejalishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, vazirlik va idoralarni rivojlantirish uchun ajratilgan mablag‘lardan yil yakunigacha 1,7 trln so‘m iqtisod qilinishi kutilyapti.

 

Maqsadli davlat jamg‘armalarining yil boshidagi qoldiq mablag‘lari va daromadlar prognozini oshirish hisobiga respublika byudjetidan ayrim jamg‘armalarga qariyb 260 mlrd so‘mga yaqin transfertlarni optimallashtirish mo‘ljallangan. Maqbullashtirilgan 4,1 trln so‘m mablag‘lar esa yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlarga qayta taqsimlashga yo‘naltirilgan.

 

“Vazirlar Mahkamasining 14 martdagi 134-qaroriga muvofiq ijtimoiy ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida bog‘chalar va maktablarni qurish va ta’mirlash uchun mahalliy byudjetlarda nazarda tutilgan 4 trln 373 mlrd so‘m mablag‘lar respublika byudjetiga o‘tkazildi.

 

Davlat maqsadli jamg‘armalari va Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining tasdiqlangan ko‘rsatkichlariga aniqlik kiritilyapti. Maqsadli davlat jamg‘armalari mablag‘larining yil boshidagi qoldig‘i 12 trln 841 mlrd so‘m, daromadlar 64 trln 767 mlrd so‘m, davlat byudjetidan transfertlar 34 trln 60 mlrd so‘m , xarajatlar 96 trln 689 so‘m mlrd so‘m etib belgilanyapti”, – dedi Ahadbek Haydarov.

 

Spiker Nuriddin Ismoilovga ko‘ra, qonun loyihasi qo‘mita va fraksiyalarda muhokama qilingan. U qonun o‘zi 4 tagina moddadan iborat ekaniga urg‘u berib, hujjatni shu kunning o‘zidayoq qabul qilishni taklif qildi. Ovoz berishda qarshilar bo‘lmadi. Qonun Senatga yuborildi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"