Buxoroda talaba qiz o‘z joniga qasd qildi
U yotoqxonada uksusdan zaharlanib, ahvoli yomonlashgan.

4 dekabr kuni Buxoro muhandislik institutining 4-bosqich talabasi, Navoiy viloyati Navbahor tumanida yashovchi 23 yoshli J.K. institut yotoqxonasida uksusdan zaharlanishi oqibatida ahvoli yomonlashgan. Bu haqida Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.
Maʼlum qilinishicha, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, K.J 23:35 lar atrofida shifoxonada vafot etgan.
Hodisa yuzasidan Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tergovga kadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.







