O'zbekiston

Prezident gidroenergetika inshootlarini ko‘zdan kechirdi

2028-yilgacha Toshkent viloyatida 23 ta loyiha amalga oshiriladi.

Prezident gidroenergetika inshootlarini ko‘zdan kechirdi

Davlatimiz rahbari Bo‘stonliq tumaniga tashrifi chog‘ida “Ugam-1” kichik gidro elektr stansiyasini ko‘zdan kechirdi.

 

Mamlakatimizda energiya quvvatlarini oshirishda barcha manbalardan foydalanilmoqda. Xususan, hududlarda kunlik energiya taʼminotida gidro energetika qulay va samarali. Ular umumiy tarmoqqa ulanmasdan har bir hudud va mahalla kesimida elektr bilan taʼminlay oladi. Olinadigan elektr tannarxi ham boshqa manbalarga nisbatan ancha arzon. Shu bois keyingi yillarda bu sohani rivojlantirishga katta eʼtibor qaratilmoqda.

 

So‘nggi yillarda yurtimizda 630 million dollar investitsiya hisobidan 400 megavattdan ortiq yangi gidroelektr stansiyalari barpo etilib, ularning quvvati 2,2 gigavattga yetkazildi.

 

Toshkent viloyatida umumiy quvvati 1 ming 330 megavatt bo‘lgan 25 ta gidroelektr stansiyasi mavjud. Bu respublikamizdagi jami gidroenergetika quvvatining 60 foiziga tengdir. Bugungi kunda qiymati 880 million dollar va quvvati 340 megavatt bo‘lgan yana 4 ta GES qurilmoqda. Shuningdek, 2028 yilgacha viloyatda umumiy quvvati qariyb 2 ming 400 megavatt bo‘lgan, 4 milliard 800 million dollarlik 23 ta loyiha amalga oshiriladi.

 

Quvvati 1,48 megavatt bo‘lgan ushbu “Ugam-1” kichik GES qurish orqali yiliga 11,8 million kilovatt soat ekologik toza elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoni yaratildi. Zamonaviy samarador gidroagregatlar va avtomatik boshqaruv tizimi o‘rnatildi. Eʼtiborlisi, bunda to‘liq yurtimiz mahsulotlari ishlatilgan. Boshqacha aytganda, uni milliy brend deyish mumkin.

 

Loyihani amalga oshirish natijasida hududdagi Chorbog‘, Xumson va Ugam mahallalardagi 5 mingta xonadon hamda turizm va dam olish maskanlari uzluksiz elektr energiya bilan taʼminlanadi. Yiliga qariyb 4 million metr kub gaz tejaladi.

 

Hozircha Ugam daryosida ikkita kichik GES qurildi. Ularning har biridan yiliga ikki yuz milliard so‘m daromad olinayapti. Suv oqimidan takror-takror faydalanish orqali bunday stansiyalarni o‘ntagacha yetkazish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.

 

Bu bilan nafaqat energetika masalasi hal bo‘ladi, balki hudud infratuzilmasi ham yaxshilanadi. Tadbirkorlik, qishloq xo‘jaligi korxonalari paydo bo‘ladi.

 

Davlatimiz rahbariga hududlarda rejalashtirilgan loyihalar haqida maʼlumot berildi.

 

Sohaga xorijiy investitsiya va xususiy sektorni jalb qilib, 2030 yilga qadar jami quvvatlarni 6 ming megavattga yetkazish belgilangan. Buning uchun huquqiy, iqtisodiy sharoitlar yaratilgan. Jumladan, mamlakatimiz bo‘yicha ikki mingtagacha mikro va kichik GESlar qurish imkoniyati bor.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Prezident gidroenergetika inshootlarini ko‘zdan kechirdi | Zamon.uz