Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarovga tabriknoma yo‘lladi

Qirg‘iziston yetakchisi bugun 56 yoshga to‘ldi.

Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarovga tabriknoma yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 6 dekabr kuni Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qilib, uni tavallud kuni bilan samimiy qutladi.

 

Davlatimiz rahbari Qirg‘iziston yetakchisiga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat hamda mamlakatning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini taʼminlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishda katta muvaffaqiyatlar, qardosh qirg‘iz xalqiga esa farovonlik va ravnaq tiladi.

 

O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yana-da kengaytirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

 

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Davlat rahbarlari ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

 

Yil boshidan buyon tovar ayirboshlash hajmi 700 million dollardan oshdi. Qo‘shma investitsiya fondi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda, mashinasozlik, energetika, elektrotexnika, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Hududlararo va ishbilarmonlik aloqalari, madaniy almashinuvlar faollashdi.

 

Energetika va transport sohalarida yirik mintaqaviy infratuzilma loyihalarini jadallashtirish muhimligi qayd etildi.

 

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlari Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashdilar va bo‘lajak qo‘shma tadbirlar rejasini muhokama qildi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarovga tabriknoma yo‘lladi | Zamon.uz