“Bu urush bizga tegishli emas”
Tramp Suriyadagi vaziyat haqida gapirdi.

Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Suriya prezidenti Bashar Asadga qarshi kurashayotgan guruhlar tomonidan "kutilmagan hujum" boshlangani haqida yozdi. Uning fikricha, Asadga muxolif bo‘lgan kuchlar "uning hokimiyatini ag‘darish uchun katta qadam" tashlagan.
Trampning aytishicha, Rossiya Ukrainadagi urush sabab Suriyadagi hujumni to‘xtata olmaydi, chunki "u yerda 600 mingdan ortiq askar yo‘qotgan". Shu bilan birga, u Suriyaning AQSH uchun ahamiyatsiz ekanligini taʼkidlab, bunday vaziyatlarga aralashishdan bosh tortishni taklif qilgan. "Bu bizning jang maydonimiz emas. Hammasi o‘z yo‘li bilan ketaversin. Aralashmang!" — deb yozgan u.







