Samarqanddagi korxonada 259 mln so‘mlik elektr o‘g‘irlandi
Hozirda holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.
Unda “Yangiqo‘rg‘on” MFY hududidagi “X-X.” xususiy korxonasi rahbari J.X. elektr qurilmalarni tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 259,8 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.







