Salomatlik

Bolalarda saraton rivojlanayotganini qanday bilsa bo‘ladi?

Bu bo‘yicha mutaxassis maʼlumot berdi.

Bolalarda saraton rivojlanayotganini qanday bilsa bo‘ladi?

Saraton — jiddiy xastalik. So‘nggi paytlarda global iqlim o‘zgarishi, oziq-ovqat va ichimlik suvi tarkibida sunʼiy qo‘shimchalarning ko‘payishi hamda yashash hududlarida kanserogen moddalarning tarqalishi tufayli bu kasallik nafaqat katta yoshli insonlar, balki bolalar orasida ham ko‘p uchramoqda.

 

Mutaxassislar fikricha, xastalik profilaktikasiga oid tadbirlarni samarali tashkil etish va uni erta bosqichlarda aniqlash orqali minglab bemorlarni sog‘lom hayotga qaytarish mumkin. Xo‘sh, bunda nimalarga eʼtibor qaratish kerak? Ayni paytda bolalar orasida qanday onkologik kasalliklar ko‘p uchrayapti?

 

— Saraton o‘lim xavfi yuqori bo‘lgan xastaliklar ro‘yxatida yetakchi o‘rinda turadi, — deydi mutaxassis. — Butun dunyoda bo‘lgani kabi yurtimizda ham bunday tashxis qo‘yilgan bemor o‘g‘il-qizlar soni kam emas.

 

Shu bois bugun mamlakatimizda saratonni o‘z vaqtida aniqlash va to‘g‘ri tashxis qo‘yish, sohaga zamonaviy jarrohlik amaliyotlarini keng tatbiq etish, bu orqali bemorlar salomatligini yaxshilashga jiddiy eʼtibor qaratilyapti.

 

Aytish kerak, hozir bolalar o‘rtasida uchraydigan onkologik kasalliklar ichida gemablastozlar qariyb qirq foizni tashkil etadi. Shuningdek, markaziy asab tizimi o‘smalari, neyroblastomalar, buyrak, suyak, yumshoq to‘qimalar, quloq, tomoq, burun, jigar va jinsiy aʼzolar xavfli o‘smalari uchraydi.

 

— Bunday kasalliklar kelib chiqishining asosiy sabablari nimada va uning oldini olish uchun qanday jihatlarga eʼtibor qaratish lozim?

 

— Bolalarda onkologik kasalliklar yuzaga kelishida, eng avvalo, embrional omillar asosiy o‘rin egallaydi. Shu bois homiladorlik davrida ona o‘z salomatligiga jiddiy eʼtibor qaratishi lozim. Qolaversa, global iqlim o‘zgarishi, oziq-ovqat sifati ham bunda asosiy rol o‘ynaydi.

 

O‘g‘il-qizlarda xavfli o‘sma kasalliklarining oldini olish uchun, birinchi navbatda, ota-onalar har tomonlama sog‘lom va zararli illatlardan xoli bo‘lishi, shuningdek ekologik muhit musaffoligi juda muhim hisoblanadi.

 

— Bolada xavfli o‘sma rivojlanayotganini qanday bilish mumkin?

 

— Bunday o‘g‘il-qizlarda holsizlik, kamqonlik rivojlanadi. Tana harorati 37-37,5 gacha ko‘tariladi. Bundan tashqari, tana vazni kamayadi, periferik limfa tugunlari, jag‘osti, qo‘ltiqosti, bo‘yin, chovlarda limfa tugunlari kattalashadi.

 

Ana shunday alomatlar kuzatilsa, bolani zudlik bilan onkolog ko‘rigiga yo‘llash kerak. Bugungi kunda hududlarimizdagi tibbiyot muassasalarida bolalarda onkologik kasalliklarni erta aniqlash va davolash bo‘yicha barcha sharoitlar yaratilgan.

 

— Baʼzi bolalarda xalqimiz tilida nor, xol deyiladigan hosilalar bo‘ladi. Bular o‘g‘il-qizlar salomatligiga xavf tug‘dirmaydimi?

 

— Nor tibbiyot tilida gemongioma deb ataladi. Bundan tashqari, bolalarda limfangiomalar, suyak osteomalari, yumshoq to‘qimalarda har xil xol ko‘rinishidagi hosilalar uchrab turadi. Bular xavfsiz o‘smalar hisoblanadi.

 

Biroq baʼzilari xavfli turga aylanishi mumkin. Shu bois, farzandlar tanasidagi bunday hosilalarni ota-ona o‘z bilganicha bartaraf etishga urinishi, xollarni yulishga harakat qilish yoki har xil yog‘lar surib yo‘qotishga intilishi aslo mumkin emas.

 

Chunki bu – og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Agar bolaning badanida bunday hosilalar bo‘lsa, albatta, ularni tegishli mutaxassis ko‘rigidan o‘tkazib, shifokor tavsiyalariga amal qilish lozim.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Bolalarda saraton rivojlanayotganini qanday bilsa bo‘ladi? | Zamon.uz