Markaziy bank raisi o‘zgardi
Ushbu lavozimga Timur Ishmetov nomzodi taqdim etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Markaziy bank boshqaruvi raisi lavozimiga Prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetov nomzodini Oliy Majlis Senatiga taqdim etdi.
Avvalroq Prezident tomonidan Oliy Majlis Senatiga Markaziy bank boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmuratovni egallab turgan lavozimidan ozod etish to‘g‘risida taqdimnoma kiritilgandi.







