O'zbekiston

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasida yangi lavozim joriy etiladi

Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasida yangi lavozim joriy etiladi

Unga ko‘ra, O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasining shtat jadvaliga, birinchi kotib – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi vakili qo‘shimcha lavozimi kiritildi.

 

Quyidagilar vakilning asosiy vazifalari etib belgilandi:

 

  • O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirliklari o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsip va normalariga asoslangan holda yaqin hamkorlikni kuchaytirish;

     

  • O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurashish va jamoat xavfsizligini taʼminlash masalalarida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muntazam ravishda puxta ishlangan amaliy takliflarni tayyorlash, shuningdek, O‘zbekiston fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash masalalarida xalqaro hamkorlikni kengaytirishga ko‘maklashish;

     

  • O‘zbekiston hamda Rossiya Federatsiyasining Ichki ishlar vazirliklari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlari o‘rtasida uyushgan jinoyatchilik, terrorizm, ekstremizm, odam savdosi, noqonuniy migratsiya va boshqa turdagi jinoyatlarga qarshi kurashish, ularning fosh etilishiga ko‘maklashish hamda ushbu yo‘nalishlarda tezkor maʼlumot almashinuvini tashkil etish bo‘yicha amaliy hamkorlikni kuchaytirish;

     

  • O‘zbekiston fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha konsullik funksiyalarini bajarishga ko‘maklashish;

     

  • O‘zbekistonning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning jinoyatchilik, huquqbuzarlik, odam savdosi va noqonuniy migratsiya masalalari bo‘yicha og‘zaki, yozma yoxud elektron shakldagi murojaatlarini qabul qilish hamda ko‘rib chiqish.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasida yangi lavozim joriy etiladi | Zamon.uz