Andijonda MJCH rahbari 50 ming dollar pora bilan ushlandi
U fuqaroga yer olib berish evaziga pul talab qilgan.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ulug‘nor tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “S.Yo.” MCHJ rahbari X.M. fuqaro M.A.ning ishonchiga kirib, MCHJga Ulug‘nor tumani «Kichik sanoat zonasi» hududidan ajratilgan 40 sotix yer maydonini tanishlari yordamida 100 000 AQSH dollari evaziga uning nomiga rasmiylashtirib olib berishini aytib, oldindan 50 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.







