Piskentda er-xotin zaharlanib vafot etdi
Holat yuzasidan BP maʼlumot berdi.

Maʼlumotlarga ko‘ra, 1995 yilda tug‘ilgan R.D. 1997 yilda tug‘ilgan A.S. bilan qonuniy nikohdan o‘tmasdan yashab kelgan xonadonida vafot etgan.
Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakati yuzasidan sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan bo‘lib, dastlabki maʼlumotnomasiga ko‘ra, shaxslarning vafoti nomaʼlum modda bilan zaharlanish, ichki aʼzolarning venoz to‘laqonligi, miya va o‘pka shishishi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Piskent tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.







