O'zbekiston

Sovuq kunlarda qanday ovqatlanish zarur?

Mutaxassis bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Sovuq kunlarda qanday ovqatlanish zarur?

Shu kunlarda yurtimiz bo‘ylab havo harorati sezilarli darajada pasaygan. Bunday sharoitda tetik va sog‘lom yurish uchun ovqatlanish ratsioniga alohida eʼtibor qaratish talab etiladi.

 

— Sovuq kunlarda tanaga issiqlik baxsh etuvchi taomlar isteʼmol qilish foydali. Chunki bunday havoda organizm o‘zini o‘zi isitishi uchun juda ko‘p energiya sarflaydi.

 

Natijada tanamiz ko‘proq vitamin va minerallar, ayniqsa, oqsil moddasini talab qiladi. O‘z navbatida, uning tarkibidagi aminokislotalar immunitetni mustahkamlab, mikroblarga qarshi kurashda yordam beradi. Bu esa o‘tkir respirator virusli infeksiyalar keng tarqalgan hozirgi mavsumda ayni muddaodir.

 

Tarkibida issiqlik saqlovchi yeguliklarga grechka va jo‘xori yormalari, piyoz, sarimsoqpiyoz, yerqalampir, qalampir, zira, turshak, mayiz, baliq, qo‘y, mol, tovuq go‘shti, sut mahsulotlari, zanjabil choyi, arpabodiyon choyi va qahva kabi mahsulotlar kiradi.

 

Nutritsiologlar vazn tashlash uchun qishda parhezdan foydalanishni tavsiya etmaydi. Aksincha, aynan shu vaqtda organizm dam olishi va kuch yig‘ishi kerak.

 

Sovuq mavsumda qizil va qora qalampir, zanjabil, dolchin kabi issiq ziravorlardan foydalanish tavsiya etiladi. Ularning tarkibidagi qizdiruvchi moddalar ovqat hazm qilish tizimining retseptorlarini qo‘zg‘ab, qonni tomirlar bo‘ylab tezroq aylanishi va issiqlikni taʼminlaydi.

 

Qishda kam miqdorda yog‘li go‘sht isteʼmol qilib turish ham zarar qilmaydi. Unda sovuqqa qarshi turish uchun zarur bo‘lgan arxidon kislotasi mavjud. Vitaminlarga boy mol, qo‘y jigari qishda A vitamini manbai sifatida organizm uchun zarur bo‘ladi.

 

Xamirli ovqatlar ham tanani isitish uchun xizmat qiladi. Bunday taomlar qish uchun juda mos keladi.

 

Issiq, to‘yimli ovqat isteʼmol qilish qishning sovuq kunlarida odamlarning kayfiyatiga ijobiy taʼsir qiladi. Ayniqsa, tovuqli sho‘rva organizmda proteinning kerakli darajasini saqlab qolish uchun muhim taomdir.

 

Shakar isteʼmolini cheklash salomatlik uchun ahamiyatli. Issiq va achchiq qahva organizmga undan ko‘ra ko‘proq tetiklik bag‘ishlaydi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.