WSJ: Suriyada fuqarolar urushi boshlanishi mumkin
Bu AQSHning Suriyadagi harbiy mavjudligiga tahdid soladi.

The Wall Street Journal nashrining yozishicha, Bashar Asad rejimi qulaganidan keyin hokimiyatga kelgan harbiy guruhlar koalitsiyasiga kiruvchi turkparast kuchlar va AQSH tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi kurd kuchlari ishtirokida fuqarolar urushi boshlanishi mumkin.
Kurdlarning mustaqillik eʼlon qilishga urinishi Suriyaning yangi hukumati tomonidan qattiq qarshilikka uchradi va Anqarani Suriya muammolariga yana-da chuqurroq aralashishga undashi, shuningdek, mamlakat shimoli-sharqida joylashgan Amerika qo‘shinlarini qiyin ahvolga tushirishi mumkin.
Gazetaning qayd etishicha, Suriya muxolifatining bo‘linishi, shuningdek, Isroil, Turkiya va AQSHning arab respublikasi ishlariga aralashuvi davom etishi xavfi saqlanib qolmoqda. Turkiyaga moyil guruhlarning keyingi olg‘a siljishi, ehtimol, kurd kuchlarini chekinishga majburlashi mumkin va bu AQSHning Suriyadagi harbiy mavjudligiga tahdid soladi.







