Nukusda 1 mdrd so‘mlik ko‘mir talon-taroj qilindi
Hozirda holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus tumanida ijtimoiy soha obyektlarini isitish uchun yetkazib berilgan ko‘mirni talon-toroj qilish holatlari aniqlandi.
Xususan, davlat xususiy sherikchilik bitimiga asosan ko‘mir yetkazib beruvchi “N.A.” MCHJga ijtimoiy soha obyektlarini isitish uchun yetkazib berilgan ko‘mir o‘lchovdan o‘tkazilgan. Natijada MCHJ masʼul shaxslari umumiy bahosi 1 mlrd so‘mlik jami 2 514 tonna ko‘mirni talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.







