O'zbekiston

Farg‘onadagi sexda yong‘in chiqdi

Hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘lgan.

Farg‘onadagi sexda yong‘in chiqdi

Bugun, 21 dekabr kuni soat 14:13 da Farg‘ona shahar “Mustaqillik” MFY Kimyogar ko‘chasida joylashgan salidor va litol ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘layotganligi yuzasidan FVBga xabar kelib tushgan.

 

Yong‘in-qutqaruvchilar hodisa joyiga 14:21 da yetib borib, 14:24 da o‘rab olinib, 14:32 da yong‘in batamom o‘chirilgan.

 

Hozirda yong‘inning kelib chiqishi sababi va zarari aniqlanmoqda. Yong‘in oqibatida bir nafar inson voqea joyida vafot etgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"