Oʻgʻrilikda aylanib, qidirilayotgan ayol Turkiyada ushlandi
U hozirda Toshkentga deportatsiya qilingan.

Turkiya va Oʻzbekiston IIV hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda — oʻgʻrilik jinoyatini sodir etishda ayblanib, 2020-yildan buyon qidiruvda boʻlgan 26 yoshli E.G. Toshkentga deportatsiya qilindi.
Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr koʻrgan fuqarolardan Oʻzbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasiga yoki ichki ishlar organlariga murojaat qilish soʻralmoqda.







