Eron elektr taʼminotiga cheklovlar kiritmoqda
Shu sabab korxonalar faoliyatini to‘xtatmoqda.

Eron elektr taʼminotida cheklovlarni joriy qilmoqda va davlat muassasalari hamda korxonalar faoliyatini to‘xtatmoqda. Bu haqida The New York Times gazetasi xabar berdi.
Bunga sabab — energetika sohasidagi inqiroz bo‘lib, u noyabr oyida Eronning zaif infratuzilmasi va Isroil tomonidan uyushtirilgan gaz quvurlarining portlatilishi tufayli yuzaga kelgan.
Maʼlumotlarga ko‘ra, energetika inqirozi oqibatida joriy hafta davomida Eron iqtisodiyotida ishlab chiqarish kamida 30-50% ga qisqargan, zarar esa o‘nlab milliard dollarni tashkil etishi mumkin.







