Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi
MB valyutalarning yangi qiymatini belgiladi.

Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 26 dekabrda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Dollar kursi 18,47 so‘mga oshib, 12 928,27 so‘mni tashkil qilgan.
Yevro kursi 46,35 so‘mga oshib, 13 462,21 so‘m qilib belgilangan.
Rubl kursi 0,57 so‘mga ko‘tarildi va 129,66 so‘mga to‘g‘ri kelgan.







