20 dan ortiq IT sohasidagi xotin-qizlar taqdirlandi
Toshkentda ularni mukofotlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Raqamli texnologiyalar vazirligida IT sohasidagi xotin-qizlarning yutuqlariga bag‘ishlangan birinchi “Yulduz tech Awards” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning asosiy maqsadlari: Xotin-qizlarning IT rivojiga qo‘shgan hissasini eʼtirof etish; Ularni qo‘llab-quvvatlash va motivatsiya berish; Professional aloqalarni mustahkamlash.
Tadbir davomida 20 dan ortiq xotin-qizlar IT sohasidagi muvaffaqiyatlari uchun mukofotlandi. Ularga homiylar tomonidan esdalik sovg‘alari, statuetkalar va 6 oylik Coursera platformasida bepul taʼlim olish imkonini beruvchi vaucherlar topshirildi.
“Biz IT sohasida xotin-qizlar ishtirokini kengaytirish tarafdorimiz. O‘zbekiston iqtidorli yoshlarga boy va texnologiyaga intiluvchan, ijodkor qizlarimiz har doim oldingi safda. Xotin-qizlarning texnologiya sohasidagi imkoniyatlarini oshirish bu milliy g‘urur va kelajakka sarmoya. Birgalikda har bir qizning raqamli dunyoda o‘z hissasini qo‘shishi uchun inklyuziv va innovatsion jamiyat yaratamiz”, dedi Raqamli texnologiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos.







