O'zbekiston

“Metan zapravka”larni tanqid qilgan yigit qamaldi

Shoxobcha xodimi uning ustidan sudga shikoyat qilgan.

“Metan zapravka”larni tanqid qilgan yigit qamaldi

26 dekabr kuni Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudi gaz quyish shoxobchalari ish vaqtlariga kiritilgan cheklovlarni tanqid qilgan yigitni 15 sutka maʼmuriy qamoqqa hukm qildi.

 

Gap shundaki, joriy yil dekabr oyining o‘rtalarida respublika bo‘ylab kuzatilgan sovuq ob-havo sabab enegetika vazirligi barcha metan zapravkalar ish vaqtiga cheklovlar kiritgan va natijada metan gaz quyish shoxobchalarida turnaqator navbatlar paydo bo‘lgan edi.

 

Toshkent shahar Bektemir tumani hududidagi shoxobchalarning birida navbatda turgan G‘.D. esa kiritilgan cheklovlarni tanqid qilgan va oilasini yo‘nalishli taksi xizmati ortidan boqayotgani, nogironi borligi, metan gaz shoxobchalari ish rejimiga kiritilgan cheklovlar ortidan oilasi taʼminotini qila olmayotganini aytib chiqqan edi.

 

Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudi raisi D.A.Dadaxanova raisligida o‘tgan sud majlisida esa yigit MJtKning 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilganlikda ayblangan.

 

Aniqlanishicha, G‘.D. 2024 yil 23 dekabr kuni Toshkent shahar Bektemir tumani Oltintopgan ko‘chasidagi gaz quyish shoxobchasida shoxobcha xodimlarini turli so‘zlar bilan haqoratlab, jamoat tartibini buzib, mayda bezorilik sodir qilgan. Mazkur maʼmuriy ish yuqorida nomi keltirilgan shoxobcha xodimining shikoyat arizasi asosida qo‘zg‘atilgan.

 

Sud G‘.D.ga MJtKning 183-moddasi bilan 15 (o‘n besh) sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinladi.

 

Shuningdek, jazo o‘talganidan so‘ng G‘.D.dan Toshkent shahar IIBB Maʼmuriy tartibda qamoqqa olingan shaxslarni saqlash maxsus qamoqxonasi foydasiga qamalganlarni saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar uchun maʼmuriy qamoqning har bir sutkasi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi miqdorida, yaʼni jami 843 750 so‘mni davlat foydasiga undirish ham belgilangan.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.