Toshkentda 5 ta mashina avariyaga uchradi
Holat yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.

Hodisa kecha, 31 dekabr kuni soat 19:15 larda Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasida yuz bergan. Unda “BMW”, “Lacetti”, “Cobalt”, “Matiz” va “Spark” rusumli avtomashinalar o‘zaro to‘qnashib ketgan.
YTH natijasida tan jarohat olganlar haqida xabar kelib tushmagan. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.







