Toshkentning ayrim ko‘chalari yopiladi
Shaharda parad o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Toshkentning ayrim ko‘chalari harbiy-vatanparvarlik paradi o‘tkazilishi munosabati bilan ertaga soat 11:00 dan 13:00 gacha avtomashinalar harakati uchun vaqtincha yopiladi.
Ular quyidagilar:
— Qora qamish-Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan, Sag‘bon ko‘chasi bo‘ylab KXAY-Sag‘bon ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;
— KXAY-Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan, Sag‘bon ko‘chasi bo‘ylab Nurafshon-Sag‘bon ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;
— Nurafshon-Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan, Sag‘bon ko‘chasi bo‘ylab Farobiy-Sag‘bon ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;
— Zarqaynar-Sag‘bon ko‘chalari aylanma harakatidan, Zarqaynar ko‘chasi bo‘ylab Zarqaynar-Alisher Navoiy ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;
— Zarqaynar-Alisher Navoiy ko‘chalari kesishgan chorrahasidan, Furqat ko‘chasi bo‘ylab Furqat-Islom karimov ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;
— Furqat-Islom Karimov ko‘chalari kesishgan chorrahasidan, Furqat ko‘chasi bo‘ylab Furqat-Beshyog‘och ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha.







