Bayden 19 kishini “Ozodlik” medali bilan taqdirladi
Ular orasida futbolchi Messi ham bor.

AQSH prezidenti Jo Bayden o‘n to‘qqiz nafar taniqli shaxsni “Ozodlik” medali bilan taqdirladi. Bu haqida Bloomberg nashri xabar berdi.
Mukofotlanganlar orasida futbolchi Lionel Messi, modeler Ralf Loren, siyosatchi Hillari Klinton va yana 16 kishi bor.
“Ozodlik” medali Qo‘shma Shtatlarning eng oliy fuqarolik mukogoti hisoblanib, sanʼat, sport, ilm-fan va boshqa soha vakillariga topshiriladi.







