Salomatlik

Buyrakni yog‘ bosishi saratonga olib keladi — tadqiqot

Olimlar sichqonlar va inson to‘qimalari namunalari ustida tadqiqotlar o‘tkazib, yog‘ hamda shakarga boy mahsulotlar buyrak hujayralariga taʼsir ko‘rsatishini aniqladi.

Buyrakni yog‘ bosishi saratonga olib keladi — tadqiqot

Kaliforniya universiteti tibbiyot maktabi olimlari buyrakda yog‘ to‘planishi DNKga zarar yetishiga va saratonning keng tarqalgan shakli — gepatotsellyulyar karsinomaning (GSK) rivojlanishiga olib kelishi mumkinligini aniqladi. Tadqiqot natijalari Science Daily jurnalida eʼlon qilindi.

 

Qayd etilishicha, oxirgi 20 yilda GSKga chalinish holatlari 25-30 foizga oshgan. Saratonning ushbu turi tarqalishiga asosiy sabab buyrakda yog‘ to‘planishidir — hozirda katta yoshli amerikaliklarning 25 foizi bundan aziyat chekadi. Ularning qariyb 20 foizida metabolik disfunksiya (MASH) bilan bog‘liq kasallikning og‘ir shakli mavjud.

 

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, buyrakdagi yog‘ kasalligining MASH va buyrak saratoniga aylanishi — bu oxiri o‘lim bilan tugaydigan holatdir. Shu bilan birga, ushbu jarayon molekulyar darajada kechadi.

 

Olimlar o‘z tadqiqotlarini sichqonlar va inson to‘qimalari namunalari ustida o‘tkazgan. Ular yog‘ va shakarga boy mahsulotlar MASH‘ning rivojlanishiga xizmat qilishi, keyinchalik u buyrak hujayralaridagi DNKga taʼsir ko‘rsatishini aniqladi.

 

Natijada hujayralar erta qariydi, bo‘linish qobiliyatini yo‘qotgan holda metabolik faol bo‘lib qoladi.

 

Olimlarning maʼlum qilishicha, qarish — bu hujayralar stressiga normal javobdir, u organizmga zarar yetgan to‘qimalarni qayta tiklanishi uchun vaqt beradi va shikastlangan hujayralarga bosimning oldini oladi. Ammo gepatotsit deb ataluvchi buyrak hujayralarida ushbu jarayon buziladi. Baʼzi zararlangan gepatotsitlar esa saraton rivojlanishiga hissa qo‘shishi mumkin.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Buyrakni yog‘ bosishi saratonga olib keladi — tadqiqot | Zamon.uz