Sirdaryoda erkak o‘zini osib o‘ldirdi
U onlayn qimor o‘ynagani aytilmoqda.

Sardoba tumanida Inson ijtimoiy himoya milliy agentligi xodimi o‘zini osib o‘ldirdi. Holat 2024 yilning 29 dekabr sanasida sodir bo‘lgan.
Hozirda u katta qarzga botib qolgan, onlayn qimor o‘ynagan yoki bankdan katta miqdorda kredit olgan degan taxminlar bor.
Yigit oliy maʼlumotli, Toshkent yuridik institutini tamomlagan, huquqshunos bo‘lgan. Yosh oilali, ikki nafar farzandi yetim qolgan.







