0

Kir mashinaga tiqilib qolgan bolakay qutqarildi

Bolakay sog'-salomat ota-onasiga topshirilgan.

Kir mashinaga tiqilib qolgan bolakay qutqarildi

 

Shu yilning 6-yanvar kuni Jizzax viloyati Jizzax shahri, Ittifoq mahallasidagi ko‘p qavatli uylarning birida bolakay ehtiyotsizlik oqibatida kir mashinaning quritish qismida qisilib qolganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

 

Bu haqida Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, kelib tushgan xabarga asosan FVB qutqaruvchilari tomonidan bolakay sog‘-salomat chiqarib olingan va ota-onasiga topshirilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"