0

Bloger Jasjan yana “hunar ko‘rsatdi”

Bu safar u yolg‘ondan janjal uyushtirib, trendga chiqdi.

Bloger Jasjan yana “hunar ko‘rsatdi”

Ijtimoiy tarmoqlarda Jasjan taxallusi ostida ijod qiluvchi bloger Jasur Shodiyev o‘ziga begona qiz bilan ko‘chada janjallashgani aks etgan video tarqalib, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, u 13 yanvar kuni Shayxontohur tumanida joylashgan bog‘larning birida 2005 yilda tug‘ilgan S.S. bilan jamoat joyida janjal chiqargan. O‘tkazilgan tekshiruv jarayonida ushbu holat bloger va uning tanishi tomonidan o‘zaro sahnalashtirilganligi va ijtimoiy tarmoqqa joylashtirish uchun videoga olinganligi aniqlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB tomonidan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risdagi kodeksning 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rishlik uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudiga yuborilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Bloger Jasjan yana “hunar ko‘rsatdi”