Samarqandda metro quriladi
Uning uzunligi 6 km bo‘ladi.

Avvalroq Samarqand shahri Oqdaryo va Samarqand tumanlari hisobiga kengayishi haqida xabar berilgandi. Shahar chegaralarining o‘zgarishi bilan “Shirin” zamonaviy ishbilarmonlik markazi tashkil etilib, ushbu hududda 254 ta ko‘p qavatli uy-joylar quriladi.
Bundan tashqari, hududda 112 km ichki yo‘llar, piyodalar va velosiped yo‘laklari, 6 km yer usti metro yo‘li, 2 ta katta ko‘prik hamda 7,2 km ichki kommunikatsiya uchun tonnel, 180 km irrigatsiya quvuri hamda 14 km kanal va ko‘plab sug‘orish inshootlari quriladi.







