Dollarning rasmiy kursi biroz pastladi
MB valyutalarning yangi qiymatini belgiladi.

Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 16 yanvarda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Dollar kursi 8,99 so‘mga tushib, 12 962,01 so‘mni tashkil qilgan.
Yevro kursi 56,88 so‘mga oshib, 13 365,13 so‘m qilib belgilangan.
Rubl kursi 0,02 so‘mga tushdi va 126,02 so‘mga to‘g‘ri kelgan.







