O'zbekiston

Chegarada noqonuniy ov qilib yurgan 3 kishi qo‘lga tushdi

Ularning yonidan 2 ta ov quroli va go‘sht bo‘laklari topilgan.

Chegarada noqonuniy ov qilib yurgan 3 kishi qo‘lga tushdi

Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari 9209-harbiy qism xodimlari tomonidan Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida noqonuniy ov qilib yurgan 3 nafar fuqaro aniqlandi. Holat Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Bo‘stonliq tuman bo‘limi hamda huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda o‘rganildi.

 

O‘rganish natijasida Bo‘stonliq tumani Kichiksoy MFYdagi chegara oldi hududida 3 nafar fuqaro “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonun, Davlat chegarasi to‘g‘risidagi qonun, O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi rejimi va O‘zbekiston Respublikasi hududida chegara rejimi to‘g‘risidagi Nizomlarda ko‘rsatilgan talablarni buzgan holda noqonuniy ov qilib yurgani maʼlum bo‘ldi.  

 

Holat o‘rganilganda ularning yonidan 2 ta ov quroli va ovlangan 1 dona yovvoyi cho‘chqaga tegishli go‘sht bo‘laklari topildi. Noqonuniy ov natijasida tabiatga 11 million so‘mdan ziyod zarar yetkazilgan.

 

Holatga qonuniy baho berish uchun to‘plangan hujjatlar Bo‘stonliq tuman Jinoyat ishlari bo‘yicha sudiga taqdim etildi. Ov qurollari esa Bo‘stonliq tuman Ichki ishlar bo‘limiga topshirildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Chegarada noqonuniy ov qilib yurgan 3 kishi qo‘lga tushdi | Zamon.uz