Salomatlik

Uyqusizlik qanday kasalliklarni keltirib chiqaradi?

Mutaxassis bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Uyqusizlik qanday kasalliklarni keltirib chiqaradi?

Bugungi tezkor axborot asrida aksariyat insonlar surunkali uyqusizlikdan aziyat chekmoqda. Doimiy stress, maʼlumotlarning haddan ortiq ko‘pligi odamlarning ushbu muammo bilan ko‘proq ro‘baro‘ kelishiga sabab bo‘lyapti. Xo‘sh, bu holat salomatlik uchun qanchalik xavfli? Undan xalos bo‘lishda nimalarga rioya qilish kerak?

 

— Uyqu – inson sog‘ligida muhim o‘rin tutadi, — deydi mutaxassis. — Sababi odam uxlaganda mushaklar tonusi va arterial qon bosimi pasayib, yurak urishi, to‘qimalarga qon kelishi hamda tanadagi moddalar almashinuvi sekinlashadi. Natijada nafaqat miya, balki barcha tana aʼzolari “dam” oladi.

 

Afsuski, bugun ko‘pchilik bilan suhbatlashsangiz, yaxshi uxlolmayotganidan, ayrimlar esa surunkali uyqu kelmasligidan shikoyat qiladi.

 

Bunga esa juda ko‘p omillar sabab bo‘lishi mumkin. Jumladan, asablar zo‘riqishi, tunda ishlash, og‘ir mehnat sharoiti, stimullovchi dori preparatlarini qabul qilish, travmatik vaziyatlar, noqulay o‘rin-yostiqlar, spirtli va muntazam kofeinli ichimliklar ichish hamda tamaki chekish kabi holatlar doimiy uyqusizlikni keltirib chiqarish xavfi yuqori.

 

Qolaversa, bu muammo kuchli ruhiy va emotsional shikastlanishlar, nevroz, xavotirlanish, bosh miya kasalliklari (ayniqsa, miya qon tomirlari aterosklerozi), ichki aʼzolar va endokrin bezlar (buyrak, jigar, qalqonsimon bez) xastaliklari bilan bog‘liq nerv tizimining funksional buzilishlarida ham uchraydi.

 

Surunkali uyqusizlik oqibatida organizmda turli endokrin, yurak-qon tomir va ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari hamda asab va ruhiy xastaliklar rivojlanish xavfi ortadi.

 

Agar mazkur holat muntazam bezovta qilsa, albatta, shifokorga murojaat qilish lozim.

 

Muammodan xalos bo‘lish uchun sog‘lom turmush-tarziga rioya qilish, sport bilan muntazam shug‘ullanish tavsiya etiladi. Biroq ularni uxlash oldidan bajarmaslik kerak.

 

Shuningdek, kunning ikkinchi yarmida tarkibida kofein bo‘lgan har qanday mahsulotni isteʼmol qilish, uxlashdan avval qahva yoki achchiq choy ichish mumkin emas. Aksincha, yotishdan 5-10 daqiqa oldin tinchlantiruvchi mashqlar bajarish, sokin musiqa tinglash va iliq vanna qabul qilish maqsadga muvofiq.

 

Agar shifokor ko‘rsatmasi bo‘lmasa, zinhor uxlatuvchi dorilarni qabul qilish kerak emas.

 

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Uyqusizlik qanday kasalliklarni keltirib chiqaradi? | Zamon.uz