O'zbekiston

Abduqodir Husanovning otasi Hikmat Hoshimov kim?

U haqida siz bilmagan faktlar.

Abduqodir Husanovning otasi Hikmat Hoshimov kim?

Shu kunlarda o‘zbek o‘g‘loni, O‘zbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Abduqodir Husanov bilan bog‘liq xabarlar dunyo futbol muxlislari diqqat-markazida bo‘lib turibdi.

 

Bilasizmi, Abduqodirni voyaga yetkazgan va faoliyatidagi katta o‘zgarishlarga asosiy sababchi bo‘lgan inson uning otasi – Hikmat Hoshimov ham o‘z davrida O‘zbekiston futbolchilari orasida ajoyib o‘yinlari bilan nom qoldirgan.

 

Hikmat Hoshimov 1979 yil 12 mayda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U professional futbolchilik faoliyatini 1998 yili MHSKda boshlagan. Shundan so‘ng, o‘zining yarim himoya va himoya chizig‘idagi yorqin o‘yinlari natijasida 2001 yil So‘g‘diyona klubiga o‘tadi. Oradan ikki yil o‘tgach, Hikmat Hoshimov “Metallurg” tarkibiga qo‘shiladi, 2005 yilda esa “Lokomotiv” aʼzosiga aylanadi. 2006-2008 yillarda himoyachi sifatida “Andijon”, “Nasaf” va “Metallurg” jamoalarida to‘p tepadi.

 

2008 yil o‘zining sevimli “Metallurg” jamoasiga qaytadi. 2018 yilga qadar jamoa bilan turli musobaqalarda ishtirok etadi. 2016 yilgi milliy chempionatda Hikmat Hoshimov barcha 30 ta o‘yinda to‘liq, o‘zgarishlarsiz o‘ynagan yagona futbolchiga aylandi.

 

Shuni taʼkidlab o‘tishimiz lozimki, Hikmat Hoshimov 2010 yilgi mavsumning ikkinchi yarmida 6 oy davomida “Bunyodkor” safida ijara asosida o‘ynaydi. Ushbu davr mobaynida mamlakat chempioni va kubogining oltin medallari bilan taqdirlanadi. 2018 yili “Metallurg” jamoasida futbolchilik faoliyatini yakunlaydi.

 

Hikmat Hoshimov 2007-2008 yillarda O‘zbekiston terma jamoasi safida jami 13 ta o‘yinda ishtirok etib, 1 ta gol urgan. Uning termadagi ilk o‘yini 2007 yilning 7 fevral kuni Ozarbayjonga qarshi o‘tgan. O‘sha yili 23 mart kuni Tayvan terma jamoasiga qarshi o‘tgan uchrashuvda gol urgan va bu gol terma jamoamizga g‘alaba keltirgan.

 

Maʼlumot o‘rnida: Hikmat Hoshimov klubda 4-raqam ostida, terma jamoa safida esa 13-raqamda maydonga tushgan. Shunisi ahamiyatliki, u 20 yillik faoliyati davomida 12 yil “Metallurg” safida maydonga tushgan.

 

Yana bir ahamiyatli jihati, futbolchilik faoliyatidagi transfer narxi “Transfermarkt” portali tomonidan 150 ming yevroga baholangan. Sobiq futbolchi Hikmat Hoshimov o‘g‘li Abduqodir Husanovni ortiqcha bosimdan himoyalash uchun familiyasini o‘zgartirgan va bobosining familiyasini bergan. Hozirda Hikmat Hoshimov “Bunyodkor” U19 jamoasida murabbiylik qilmoqda.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Abduqodir Husanovning otasi Hikmat Hoshimov kim? | Zamon.uz