O'zbekiston

Toshkentda 2 yoshli qizning qo‘li kesib tashlandi

Holatga SSV rasmiy munosabat bildirdi.

Toshkentda 2 yoshli qizning qo‘li kesib tashlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda tibbiyot xodimlarining noto‘g‘ri muolajasi oqibatida 2 oylik chaqaloqning qo‘llari kesib tashlangani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

 

Aniqlanishicha, 2024 yil 9 dekabr kuni soat 15:30 larda 2024 yilda tug‘ilgan qizaloq H.J. ota-onasi tomonidan Toshkent shahar 1-son bolalar klinik shifoxonasiga tana haroratining ko‘tarilishi, yo‘tal, xirillash, hansirash, bezovtalik va holsizlik kabi shikoyatlar bilan olib kelingan.

 

Bemor zudlik bilan navbatchi shifokor N.Sultanova tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.

 

Dastlabki tekshiruv davomida unga “Shifoxonadan tashqari pnevmoniya” tashxisi qo‘yilgan. Bemorning ahvoli shifokorlar tomonidan og‘ir deya baholanib, darhol muassasaning chaqaloqlar va chala tug‘ilgan chaqaloqlar patologiyasi bo‘limiga  gospitalizatsiya qilingan.

 

Shuningdek, bo‘limda gematolog, angioxirurg, bolalar jarrohi, neonatal-jarroh kabi tor soha mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan qo‘shimcha va klinik tibbiy tekshiruvlar natijasida bemorga “Asosiy: Sepsis. Septitsemiya. Covid-19 etiologiyali shifoxonadan tashqari pnevmoniya” asosiy tashxisi hamda “Tug‘ma yurak nuqsoni-bo‘lmachalararo to‘siq nuqsoni” kasalligi va uning asorati bo‘lgan “Nafas yetishmovchiligi 1-2-daraja. Yurak-qon tomir yetishmovchiligi 1-2-a darajasi” tashxisi qo‘yilgan.

 

Muassasada davolanish vaqtida qizaloqda “Chap tomonlama yelka arteriyasi tromboemboliyasi. Chap qo‘l va chap qo‘l panjasida qon aylanishining 3-a darajali o‘tkir buzilishi, poliorgan yetishmovchiligi” kuzatilgan.

 

Shu bois bemor hayotini saqlab qolish maqsadida amputatsiya o‘tkazishga qaror qilingan va ota-onasining roziligi bilan unda jarrohlik aralashuvi amalga oshirilgan. Hozirda chaqaloqning ahvoli stabil holatda.

 

Ayni paytda mazkur holat Cog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan to‘liq nazoratga olinib, vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Toshkentda 2 yoshli qizning qo‘li kesib tashlandi | Zamon.uz