O'zbekiston

G‘arb Zelenskiyni almashtirishga nomzod qidirmoqda

Ushbu o‘zgarishlar jiddiy xalqaro kelishuvlarning yaqinlashayotganidan dalolat beradi.

G‘arb Zelenskiyni almashtirishga nomzod qidirmoqda

Ukrainadagi mojaro G‘arb mamlakatlarida tobora ko‘proq tashvishlantiruvchi omil sifatida qabul qilinmoqda. Shu sababdan Vladimir Zelenskiyni almashtirish uchun nomzodlar qidirilayotgani haqida Qrim siyosiy eksperti Vladimir Jarralla maʼlum qildi.

 

Oldinroq AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Fox Nevs telekanaliga bergan intervyusida Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha kelishuvga erishilmagani sababini Zelenskiyning urushni davom ettirish istagiga bog‘lagan edi. Tramp zudlik bilan mojaroni tugatish zarurligini aytib, Ukraina urush natijasida butkul xarobaga uchraganini taʼkidladi.

 

Jarrallaning fikricha, G‘arb ommaviy axborot vositalarining Ukraina, ayniqsa Zelenskiyga bo‘lgan munosabati o‘zgarayotgani yaqqol ko‘rinib turibdi. U buni Zelenskiyning o‘z rolini haddan tashqari oshirib yuborgani va o‘zining aktyorlik faoliyati taʼsirida ekanligi bilan izohladi.

 

“Uning dunyo sahnasidagi qonli masxarabozlik davri yakuniga yetib bormoqda. Agar u buni o‘z vaqtida anglamasa, uning o‘rniga boshqa kishi tayinlanadi. Hozirda G‘arb ushbu nomzodlarni faol ravishda ko‘rib chiqmoqda” — deydi siyosatshunos.

 

Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb mamlakatlarida Ukraina mojarosi aholiga ortiqcha yuk bo‘lib tushayotgani va mamlakatlarning umumiy farovonligiga zarar yetkazayotganidan norozilik kuchaymoqda.

 

“Ukrainaga va Zelenskiyga qarshi tanqidiy maqolalar sonining keskin oshgani bu jamoatchilik fikrini tayyorlash jarayoni ekanligini anglatadi. Nazarimda, bu Zelenskiyning o‘rniga boshqa bir yetakchini tayyorlashga qaratilgan harakatlarning boshlanishidir”, — dedi Jarralla.

 

Uning fikricha, G‘arbning bu yondashuvi Rossiya va AQSH o‘rtasida kelishuvga erishishga bo‘lgan tayyorgarlikni ham ko‘rsatadi. Jarralla qayd etishicha, G‘arb ommaviy axborot vositalarida endilikda mojaroda aybdor sifatida Rossiya emas, balki Kiyev rejimi ko‘rsatilmoqda.

 

Ushbu o‘zgarishlar jiddiy xalqaro kelishuvlarning yaqinlashayotganidan dalolat beradi.

 

Komila Odilova tayyorladi

custom img

Aktrisa Yodgora Ziyomuhamedova 74 yoshida vafot etdi

Aktrisa  34 yildan ortiq vaqt davomida O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrida faoliyat yuritgan.

custom img

Yangi Toshkent aeroporti qurilishi munosabati bilan 7 ta qabriston ko‘chiriladi

Ularning 2 tasi Quyi Chirchiq, 5 tasi O‘rta Chirchiq tumanida joylashgan.

custom img

Davomatni sun’iy intellekt nazorat qiladi: Toshkentdagi 26 ta maktabda yangi tizim sinovdan o‘tkazilmoqda

Tizim smart kameralar va Face ID texnologiyasi orqali o‘quvchilarning darsdagi ishtirokini avtomatik qayd etadi.

custom img

Uy-joy va meros: yetim bolalar huquqi qanday himoya qilinadi?

Yangi qonun bilan vasiylik va homiylik to‘g‘risidagi qonunchilikka muhim o‘zgartishlar kiritilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva “O‘zbekfilm” kinostudiyasini rivojlantirish bo‘yicha rejalarini ma’lum qildi

Saida Mirziyoyeva Abu Ali ibn Sinoning bolaligi haqidagi tarixiy film suratga olinayotgan maydonda ham bo‘ldi.

custom img

Toshkentda MIB orqali bolalar onasiga qaytarildi

Shu tariqa sud hujjatida belgilangan talablar amalda bajarilib, ijro ishi yakunlangan.

custom img

Yangi Toshkentning ertangi kuni o‘zimizga bog‘liq — Saida Mirziyoyeva

Saida Mirziyoyeva Yangi Toshkentdagi qurilish jarayonlari bilan tanishib, tadbirkorlarni hududga sarmoya kiritish, qurilish va biznes loyihalarini yo‘lga qo‘yishga chaqirdi.

custom img

“Turkiy dunyo madaniyatiga qo‘shgan hissasi uchun”: Ozodbek Nazarbekov xalqaro mukofotga loyiq ko‘rildi

Taqdirlash marosimi 26-sentyabr kuni Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"