Lifestyle

30 kun ovqatlanmay tajriba o‘tkazgan erkak

U bu vaqt davomida faqat suv ichgan.

30 kun ovqatlanmay tajriba o‘tkazgan erkak

Bir oy davomida ovqat yemay, faqat suv ichib yashagan erkak 15 kilogramm vazn tashlashga muvaffaq bo‘ldi. U bu tajribani 42 kun davomida amalga oshirmoqchi edi, biroq bunga madori yetmay qoldi.

 

“Dastlabki 72 soat qiyin o‘tdi, chunki tanangiz doimo ovqatlanishingiz kerakligi haqida signal beradi. Ushbu davrdan keyin bu ancha osonlashadi”, deya taʼkidladi u.

 

Tajriba avvalida 98 kilogramm vaznga ega bo‘lgan erkak ilk haftadan so‘ng 92 kilogrammgacha ozishga erishdi.

 

“Men dastlab rejalashtirganimdek 1000 soatlik natijaga erisha olmadim, ammo shuncha bo‘lsa ham uzoq davom etganimdan faxrlanaman. Men buni o‘zimga qarshi kurashish uchun qildim va men boshqa hech qachon bunday uzoq vaqt och qolmayman”, degan erkak.

 

Komila Odilova tayyorladi

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"