Amerikalik ayol dunyo bo‘ylab sayohat uchun uyini sotib yubordi
U, shuningdek, mashinasi va bor mol-mulkidan voz kechgan.

Amerikalik 29 yoshli Gabriyella Basting hayotini tubdan o‘zgartirib, haqiqiy baxt sari qadam tashladi. Illinoys shtatida yashagan Gabriyella jamiyat talablari bilan yashab, muvaffaqiyatning anʼanaviy o‘lchovlariga erishgan edi: u 24 yoshida turmushga chiqdi, ajoyib uy sotib oldi va stomatologiya sohasida muvaffaqiyatli katrera qildi. Ammo bu tashqi yutuqlar unga haqiqiy baxtni bera olmadi.
Gabriyella o‘z hayotidagi tub burilishni ajrashganidan keyin amalga oshirdi. U Janubiy Afrikadagi ko‘ngilli dasturga qo‘shilib, serfingni o‘rganish orqali yangi hayot tarzi sari ilk qadamini tashladi. Shu vaqtdan boshlab u jamiyatning sobit stereotiplarini chetga surib, dunyoni o‘rganish va erkin yashash yo‘lini tanladi.
Bugungi kunda Gabriyella yetti qitʼadan oltitasiga sayoyat qilgan. U Janubiy Afrika, yevropa, Indoneziya, Janubiy Amerika va Avstraliyada bo‘lib, o‘z sarguzashtlarini ijtimoiy tarmoqlarda, jumladan, TikTokʼda kuzatuvchilari bilan baham ko‘radi. Gabriyella hozirda Avstraliyaning Kvinslend shimolida yashab, suv osti sho‘ng‘ish kabi sarguzashtli mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanmoqda.
Gabriyella o‘zining sayohatlari uchun uyini, mashinasini va boshqa mol-mulkini sotib, mablag‘ yig‘di. U yangi hayot tarzi orqali haqiqiy erkinlik va baxtni his qilmoqda.
Uning hayot falsafasi oddiy, ammo chuqur mazmunli. “Bir kun kelib hayotingiz tugayotganida, hech qanday afsus qilmasligingiz kerak”, deydi u.
Komila Odilova tayyorladi







