O'zbekiston

Tibbiyot xodimlariga qo‘l ko‘targan shaxslar qamaldi

Ularning har biri 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Tibbiyot xodimlariga qo‘l ko‘targan shaxslar qamaldi

Maʼlum qilinishicha, bemor yigit do‘stlari bilan shifoxonaga borgan. Shundan so‘ng, bemorning do‘stlari va shifokorlar o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Aniqlanishicha, uch nafar sudlanuvchi yigitlar tibbiyot xodimlarini urgan va ularga turli darajada tan jarohatlari yetkazgan. 

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudi tibbiyot xodimlariga qo‘l ko‘targan shaxslarga nisbatan sud hukmini eʼlon qildi. Sudlanuvchilar Jinoyat Kodeksi 277-moddasi uchinchi qismining “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblandi. Ushbu moddaga binoan, har biriga uch yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazo manzilli koloniyaga o‘tkazilishi belgilandi.

custom img

Prezident topshirig‘i bilan podpolkovnik Dilnoza Redjabovaga polkovnik unvoni berildi

U IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Axborot xizmatida yetakchi mutaxassis lavozimida faoliyat yuritadi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasida bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitida ham ishtirok etadi.

custom img

O‘zbekiston TIV Saudiya Arabistoniga hujumdan xavotir bildirdi

Vazirlik tinch aholi, fuqarolik va energetika infratuzilmasi obyektlariga qarshi kuch ishlatilishini hamda Yaqin Sharq davlatlari xavfsizligiga tahdid soluvchi har qanday harakatlarni keskin qoraladi.

custom img

Noqonuniy diniy taʼlim va giyohvandlik: sobiq imom-xatib 3,5 yilga qamaldi

Sobiq imom-xatib 5 nafar voyaga yetmaganga noqonuniy diniy taʼlim bergani va giyohvandlik vositalarini isteʼmol qilgani uchun 3 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum etildi.

custom img

Dars o‘rniga janjal: tekshiruv boshlandi

Qarshidagi maktabda o‘quvchilar janjali yuzasidan surishtiruv boshlandi.

custom img

Jalolobodda zilzila: O‘zbekistonning ikki viloyatida ham sezildi

Qirg‘izistonda 3,9 magnitudali zilzila qayd etildi.

custom img

“Majlis o‘tkazmadim”: Kattaxonova dam olish kunidagi qabulga izoh berdi

Uning aytishicha, jarayonga hududlardagi xodimlar jalb qilinmagan.

custom img

Bolaga zo‘ravonlik qilishning bahosi: 1 yillik ta'qiq

Bolalarni kamsitgan, xo‘rlagan yoki ularga jismoniy zo‘ravonlik qilgan pedagoglar uchun maʼmuriy javobgarlik joriy etildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"