O'zbekiston

Farg‘onada 3 ta OTM qayta tashkil etiladi

Bu bo‘yicha Prezident farmoni qabul qilindi.

Farg‘onada 3 ta OTM qayta tashkil etiladi

“Farg‘ona viloyatidagi oliy taʼlim tashkilotlari faoliyatini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

 

Qarorga ko‘ra, quyidagi universitetlar qayta tashkil etiladi:

 

— Farg‘ona politexnika instituti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali negizida Farg‘ona davlat texnika universiteti;

 

— Qo‘qon davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filiali hamda O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Farg‘ona mintaqaviy filiali negizida Qo‘qon davlat universiteti;

 

—O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg‘ona filialini qo‘shib yuborish yo‘li bilan Farg‘ona davlat universiteti.

 

2025/2026 o‘quv yilidan mazkur universitetlarning malaka talablari va o‘quv dasturlari yuqori 300 talik ro‘yxatga kirgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining dasturlari asosida ishlab chiqiladi.

 

Iqtidorli talabalar uchun darslar xorijiy tillarda o‘qitiladigan alohida guruhlarda tashkil etiladi.

 

Farg‘ona davlat texnika universitetida Ilg‘or muhandislik maktabi va “spin-off” korxonalari faoliyati tashkil etiladi hamda yirik ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlari sanoat hamkori sifatida biriktiriladi.

 

Tugatilayotgan oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishini yangidan tashkil etilgan tegishli universitetlarda davom ettiradi.

 

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

custom img

25 yilgacha yoki umrbod: bolalarga qarshi jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Voyaga yetmaganlarga nisbatan qasddan og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish hamda ayrim uyatsiz-buzuq harakatlar og‘irlashtiruvchi holat sifatida belgilanadi.

custom img

Maktablarga talab oshadi: joriy yilda 1-sinfga 800 ming bola qabul qilindi

Barcha tumanlarda bo‘sh davlat binolari xususiy maktab ochish uchun 10 yilga bepul ijaraga beriladi.

custom img

“O‘qituvchi — mehr daryosi”: Prezident ustozlarni kasb bayrami bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev taʼlimning barcha bo‘g‘inlaridagi ilg‘or pedagoglarni rag‘batlantirish uchun Abdulla Avloniy nomidagi alohida davlat mukofotini taʼsis etishni taklif qildi.

custom img

O‘qituvchilarning mukofot pulidan nega soliq ushlanadi? Vazirlik izoh berdi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.

custom img

B2 sertifikati yo‘q o‘qituvchilar ishdan olinmaydi: vazirlikdan yangi ko‘rsatma

B2 sertifikati bo‘yicha yakuniy tartib Vazirlar Mahkamasi qaroridan so‘ng belgilanadi.

custom img

Firibgarlikka qarshi yangi tizim: banklarda antifrod 24/7 ishlaydi

Markaziy bank banklar, to‘lov tashkilotlari va to‘lov tizimlari operatorlari uchun shubhali operatsiyalarni aniqlash bo‘yicha yangi talablarni taklif qilmoqda.

custom img

Janni Infantino O‘zbekistonda: FIFA delegatsiyasi ikki kunlik tashrif bilan keldi

FIFA delegatsiyasi O‘zbekistonda qator futbol obyektlari va loyihalari bilan tanishadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"