Lifestyle

Xitoy kompaniyasi xodimlariga 9 mln dollar nadq pul tarqatdi

Bu tadbir kompaniyaning yillik yig‘ilishida bo‘lib o‘tgan.

Xitoy kompaniyasi xodimlariga 9 mln dollar nadq pul tarqatdi

25 yanvar kuni Henan Mine Crane Co. Ltd. kompaniyasining yillik yig‘ilishida xodimlar kutilmagan va saxovatli aksiyaning guvohi bo‘lishdi. Kompaniya rahbariyati 70 metrlik stol ustiga 9 million dollar naqd pul qo‘yib, xodimlarga cheklangan vaqt ichida sanab olgancha mablag‘ olish imkoniyatini taqdim etdi.

 

Qoidalar oddiy edi: har bir 30 kishilik jamoa ichidan ikkita eng chaqqon hisobchi tanlandi. Masalan, bitta xodim 15 daqiqada 14 ming dollar sanab olishga muvaffaq bo‘ldi.

 

Kompaniya prezidenti bunday saxovatning sababini tushuntirib, “Bizda bank kreditlari yo‘q, hech qanday qarzimiz yo‘q, va biz xodimlarimiz hayotini yaxshilashni chin dildan istaymiz”, deb taʼkidladi.

 

Komila Odilova tayyorladi

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Xitoy kompaniyasi xodimlariga 9 mln dollar nadq pul tarqatdi