840 ta til mavjud bo‘lgan mamlakat
Bu dunyo tillarining 10 foizdan ortig‘ini tashkil etadi.

Bizning sayyoramizda minglab turli tillarda gaplashadigan milliardlab odamlar yashaydi. Biroq, dunyoda odamlar 840 tilda gaplashadigan bitta mamlakat bor — bu butun dunyo bo‘ylab lingvistik jihatdan eng xilma-xil hisoblanadi.
Bu Papua, yaʼni yangi Gvineyadir. Bugungi kunda bu yerda 840 ga yaqin til mavjud - bu butun dunyo bo‘ylab mavjud bo‘lgan tillarning 10 foizdan ortig‘i hisoblanadi. Shunisi qiziqki, tillarning boyligi bilan mamlakat aholisi atigi 10 million kishini tashkil etadi.
Rasmiy ravishda Papua-yangi Gvineyada faqat uchta milliy til mavjud: xiri-motu; tok-pisin; ingliz tili.
Olimlar, shuningdek, Papua-yangi Gvineyada uchta rasmiy tildan tashqari, yuzlab boshqa mahalliy tillar mavjudligini aniqladilar, ularning soni juda katta etnik va madaniy xilma-xillikka bog‘liq.
Komila Odilova tayyorladi







