O'zbekiston

“Yashil energiya” foydasiga gazdan voz kechish nimaga olib keladi?

Bu havo sifati yaxshilab, energiya samaradorligini oshiradi.

“Yashil energiya” foydasiga gazdan voz kechish nimaga olib keladi?

Bugungi kunda iqlim o‘zgarishi, atmosfera havosi ifloslanishi va boshqa dolzarb ekologik muammolar kechiktirib bo‘lmas chora-tadbirlarni taqozo etmoqda. Аna shunday choralardan biri qayta tiklanadigan manbalardan olinadigan elektr energiyasidan foydalanishga — «yashil energetika»ga to‘liq o‘tishdir.

 

Issiqxona gazlari tashlamalari kamayadi

 

Аholi zichligi yuqori bo‘lgan shaharlarda (masalan, Toshkentda) havoning ifloslanishi aholi salomatligigasezilarli taʼsir ko‘rsatadi. Gazdan elektr energiyasiga o‘tish esa nafas yo‘llari kasalliklarini kamaytirishorqali aholi salomatligini yaxshilaydi.

 

Qayta tiklanadigan manbalardan olinadigan elektrenergiyasi — quyosh, shamol va gidroenergetikadanfoydalanish — karbonat angidrid (CO₂) va metangazlari kamaytirishga yordam beradi. Misol uchun, quyosh panellari yoki shamol turbinalari yordamidaelektr energiyasini ishlab chiqarishda, ekspluatatsiyabosqichida uglerod chiqindilari deyarli yo‘q.

 

Havo sifati yaxshilanadi

 

Gaz qozonlari va pechlar o‘zidan NOₓ chiqaradi, buesa yashash joylari va atrofidagi havo sifatiniyomonlashtiradi. Ushbu birikmalar tutun va kislotaliyomgʼirning shakllanishiga hissa qo‘shadi va insonsalomatligiga salbiy taʼsir ko‘rsatadi. Gazdanfoydalanishdan voz kechish esa aholi punktlarida havosifatini yomonlashtiradigan azot oksidi (NOₓ) kabizaharli moddalar emissiyasini kamaytiradi. Chunkielektr isitkichlar va issiqlik nasoslari NOₓ yoki boshqazaharli birikmalar chiqarmaydi. Bu xonadonlar vashaharlarda havo sifatini yaxshilash uchun, ayniqsa, muhimdir.

 

Metan xavfi bartaraf etiladi

 

Tabiiy gazni qazib olish va tashish jarayonida kuchliissiqxona gazi — metan ajralib chiqadi. Metan sizibchiqishini nazorat qilish juda qiyin va uglerodningsalbiy taʼsirini sezilarli darajada oshiradi. Elektrenergiyasidan, ayniqsa, qayta tiklanadiganmanbalardan foydalanish esa bu xavfni butunlay yo‘qqiladi.

 

Energiya samaradorligi oshiriladi

 

Zamonaviy elektr jihozlari (masalan, induktsionpechlar, issiqlik nasoslari) gazga qaraganda anchatejamkor, bu esa umumiy energiya sarfini kamaytiradi.

 

Issiqlik nasoslari (havo, suv) anʼanaviy gaztizimlariga qaraganda kamroq energiya sarf qiladi. Masalan, bunday nasoslarning energiya konvertatsiyaqilish samaradorligi 300-400% ga yetishi mumkin.

 

Аtmosferaga 6,5 million tonna zararli gazlarchiqishining oldi olinadi

 

Yuqorida keltirib o‘tilgan omillar, umuman, butundunyo ekologik vaziyatni barqarorlashtirish, atrof-muhit ifloslanishini kamaytirish, iqlimo‘zgarishlarining salbiy oqibatlarini yumshatish vaboshqa dolzarb muammolarni bartaraf etish maqsadidato‘liq «yashil energetika»ga o‘tmoqda. Xususan, O‘zbekistonda ham 2030 yilga kelib ishlab chiqarishdaqayta tiklanadigan energiya manbalarining ulushini 54 foizga yetkazish, 19 ming MVt quvvatga egaqo‘shimcha «yashil quvvatlar»ni qurish ko‘zdatutilgan. Shuningdek, 3400 MVt quvvatga ega 18 ta quyosh va shamol elektr stantsiyasi hamda 1800 MVtquvvatga ega energiya saqlash tizimini ishga tushirishmaqsad qilingan. Mazkur chora-tadbirlar «yashilenergiya» ishlab chiqarish hajmini 12 milliard kVt/soatgacha oshirishi kutilmoqda. Bu 5 million xonadonning yillik isteʼmoliga teng bo‘lib, atmosferaga 6,5 million tonna zararli gazlarchiqishining oldini oladi.

 

 

O‘zbekiston va Turkiya hamkorlikni kengaytirmoqda: qator muhim bitimlar imzolandi

O‘zbekiston va Turkiya hamkorlikni kengaytirmoqda: qator muhim bitimlar imzolandi

Savdo, ijtimoiy ta’minot va chegara orqali tovarlar hamda transport vositalari harakati bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan hujjatlar qabul qilindi.

O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari uchrashuv o‘tkazdi

Ikki mamlakat yetakchilari keng qamrovli strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish masalalarini muhokama qildilar.

Dohada O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi taqdimoti o‘tkazildi

Dohada O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi taqdimoti o‘tkazildi

Taqdimotda O‘zbekiston va Qatar vakillari buyuk allomalar merosi, islom ilmlari rivoji hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi ilmiy-ma’rifiy hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishi kutilmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti Turkiyaga yetib bordi

O‘zbekiston Prezidenti Turkiyaga yetib bordi

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rafiqasini Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Javdat Yilmaz va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Litsenziyasiz Umra tashkil etish: Andijon va Farg‘onada noqonuniy holatlar fosh etildi

Litsenziyasiz Umra tashkil etish: Andijon va Farg‘onada noqonuniy holatlar fosh etildi

Fuqarolardan jami 6 500 dollar talab qilingan, holatlar yuzasidan tergov olib borilmoqda.

Qarshida 21 yoshli qiz operatsiyadan keyin vafot etdi: prokuratura tekshiruv boshladi

Qarshida 21 yoshli qiz operatsiyadan keyin vafot etdi: prokuratura tekshiruv boshladi

Qizning ahvoli operatsiyadan to‘rt kun o‘tib og‘irlashgan.

Samarqandda o‘qituvchi o‘quvchi qizni kaltakladi: rasmiy munosabat bildirildi

Samarqandda o‘qituvchi o‘quvchi qizni kaltakladi: rasmiy munosabat bildirildi

Holat maktab ta’limi boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘rganilmoqda.

Bir oyda 21 mingdan ortiq bayonnoma: avtobusda yo‘l haqini to‘lamaganlar ko‘paydi

Bir oyda 21 mingdan ortiq bayonnoma: avtobusda yo‘l haqini to‘lamaganlar ko‘paydi

Toshkentda chiptasiz yurishga qarshi nazorat kuchaydi.