Farg‘onaga uchayotgan samolyotda nosozlik kuzatildi
Shu sabab samolyot favqulodda qo‘ngan.

1 fevral kuni Centrum Air aviakompaniyasining C63336 raqamli reysida Madinadan Farg‘onaga uchayotgan A321neo samolyoti Marida (Turkmaniston) majburiy qo‘nishni amalga oshirdi.
Aviakompaniya matbuot xizmati maʼlum qilishicha, bunga sabab dvigatelda moy sizib chiqishi bo‘lgan.
Mariga xuddi shu turdagi A321neo zaxira samolyoti jo‘natilgan va u yo‘lovchilar hamda ularning yuklarini Farg‘onaga yetkazib bergan.
“Centrum Air muhandislar jamoasi dvigatelda moy sizib chiqishini bartaraf etdi, samolyot yaqin vaqt ichida yo‘lovchilarsiz Toshkentga texnik parvozni amalga oshiradi”, deyiladi xabarda.







