Toshkentda mashina yonib ketdi
Holat yuzasidan FVB maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, 1 fevral kuni soat 15:34 da Yangihayot tumani “Marhamat” MFY hududida avtomobil yonayotganligi to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 15:41 da yetib borib, yong‘in soat 15:46 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda







