Vyetnamlik erkak 60 yildan beri uxlamayapti
U kechalari dalada ishlash uchun chiqadi.

80 yoshdan oshgan Vetnamlik fermerning aytishicha, u 1960 yillarning boshidan beri umuman uxlamagan. Bu holat u kuchli isitmani boshdan kechirgandan so‘ng boshlangan, shundan keyin unga umuman uyqu kelmagan. Ko‘p marotaba urinishlarga qaramay, shifokorlar uning bu holatini davolay olishmagan.
"Boshqalarning uxlayotganini ko‘rganimda, ularga havas qilaman. Odatda kechalari men dalada ishlash uchun chiqaman, chunki bekor o‘tirishga chidab bo‘lmaydi", — deydi erkak.
Baʼzi ekspertlar erkakning doimiy uyqusizligi 1955 yildan 1975 yilgacha davom etgan Vetnam urushi natijasida kelib chiqqan travmadan keyingi stress buzilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.
Komila Odilova tayyorladi







